hosiljon95@mail.ru$WIDGET$('2','15')?>
JIMGINA SEVIB
Men sizni sevaman sassiz, yig’isiz Yurak kuyugisiz, azob tig’isiz. Asossiz, vaslingiz humorlig’isiz Jimgina sevgancha yashayveraman.
O’ylayman… siz buni bilmasangiz ham, Hol so’rab qo’ng’iroq qilmasangiz ham. Bir umr yonimga kelmasangiz ham Jimgina sevgancha yashayveraman.
Sog’inaveraman negadir har kun, Ash’orlar bitaman bilmadim nechun.. Hayotim ertasin o’ylamay bugun Jimgina sevgancha yashayveraman.
Qalbingiz tilsimin bilmay, echolmay. Qo’lingizdan ishqu-sharob icholmay. Dunyolardan kechib, sizdan kecholmay Jimgina sevgancha yashayveraman.
$WIDGET$('1','hosiljon95%40mail.ru|FFFFFF|000000|12|30|left')?>
Ey, muhаbbаt!
Titrоqlаrdа so'zlаshgаn sеnmisаn, ey, muhаbbаt? Sаmоdаgi pаrvоzlаr sеnmisаn, ey, muhаbbаt? Nоmаlаrgа bеrkingаn sеnmisаn, ey, muhаbbаt? Dillаrni zоr аylаgаn sеnmisаn, ey, muhаbbаt?
Sinоvlаrdаn qоqilsаm yupаnch bo'lgаn sеnmisаn? Yonib-kuyib sеvsаm hаm аrmоn bo'lgаn sеnmisаn? G'unchаlаring tеrmаsdаn chеkkаlаrgа surildim. Nigоhlаring ko'rgаndа nаm ko'zlаrim sеnmisаn?
Bu dunyodа izzаtim vа g'ururim bеrmаdim. Аmmо ishqim qаrshingdа bo'yin eggаnim sеnmisаn? Izlаb-izlаb tоpgаnim sаrоbginаm sеnmisаn? Sеndаn judо bo'lsаm hаm chоrlаb turgаn sеnmisаn?
Bеvаfоlаr lаbin burib muhаbbаt yo'q dеydilаr Sukut sаqlаb so'ng ulаrni tеlbа etgаn sеnmisаn? Mеndа qismаt shundаy bo'ldi sеvgаn yorim оlisdа Birоq mеni unutmаgаn mехribоnim sеnmisаn?
Shu pаytgаchа qаlbimdаsаn nеgа, buni bilmаymаn Sаvоllаrgа qo'l siltаgаn, ey, bеpаrvо sеnmisаn? Bаlki, jаvоb mеning o'zim аslidаyin nаmоyon Ko'zgudаgi turgаn bu mеn hаqiqаtdа sеnmisаn?
Hаyollаrni o'g'irlаgаn sеnmisаn, ey, muhаbbаt? Ko'zim yumsаm ro'yolаring sеnmisаn, ey, muhаbbаt? Sаrоsimа yurаk tеpаr sеnmisаn, ey, muhаbbаt? Kаlоmsiz zаbоnimdа sеnmisаn, ey, muhаbbаt?
$WIDGET$('44','187|200|0')?>
Bilmadim
Shahdam qadam tashlagandim sen tomonga so'z boshlab Ammo qadam chuqurlikka qo'yilganin bilmadim Ne izhorlar bildirgandim sensiz mazmun topolmay Ammo izhor visol kuni yor-yorligin bilmadim Tabassuming in qurgandi bu qalbimga abadiy Ammo abad degan so'zim to'ying ekan bilmadim Ishonib bor sirim aytdim, sirdoshimni topgandim Ammo sirdosh bo'lgan inson bevafoligin bilmadim Ko'zlaringda ko'rgan edim men baxtimni, shubhasiz Ammo ko'zlar oq libosga dur sochishin bilmadim Yurak duk-duk urar edi seni so'rab har lahza Yurak seni to'ying kuni nog'oraligin bilmadim Sho'r peshona oshirning sen bir shirin hayoli Ammo hayol-hayol ekan hayot nima bilmadim Men izlagan muhabbatim yot makonda malika Dunyo borki sevishganlar ayroligin bilmadim
Yig'lama endi
Yonimdan begonaday o'tarsan endi Salom-la boshingni egarsan endi Baxtimiz yo'lini xudodan so'rab Bu yo'lga chiqmayin qaytarsan endi
Mening mehribonim ona deganding Mehribonim seni qizim degandi Uyalib, yuzlaring iboga to'lib Onam deb o'zgani ataysan endi
Bu dunyoda shuncha go'zalni ko'rib Senday qalbga yaqinini topmadim Oshig'ingni ovorai-sarson aylab Xushsur'atsiz nega buncha yig'laysan endi
O'zimni chalg'itib har yonni kezib Qarshimdan nechun paydo bo'lasan endi Yetaklagan o'g'lingga ismimni qo'yib Unutishga imkon bermaysan endi
Mayli sinovlidir balki bu hayot Seni uchratib men baxtli edim endi O'sha damlar menga hayolmas hayot O'ksinmagin jonim yig'lama endi
Sensiz to’lar bugun ko’zda yoshlarim, Qalam va satr ila sirlashmoqdaman, Qolmadi madorim va bardoshlarim, Qanday nafasingsiz yashamoqdaman.
Eslaydi, agar kechalari yog’sa yomg’ir Bu degani mani ko’zlarimdagi yoshimdir Agarda kelganida kuz, to’kilmasa barglar Bu degani man xazonman, ustimda dardlar Agarda kelganda bahor, ochilmasa gullar Bu degani man yo’qman, lekin yashar tuyg’ular Afsuski u tuyg’uga egadir o’zgalar Nahotki endi seni erkalar o’zga qo’llar
Rashk qilib gohida o'zimdan g'ashman Zimdan kulib boqqan ko'zimdan g'ashman Hatto sizga oshiq ko'nglimdan g'ashman Siz faqat meniki o'zimnikisiz...
Ko'kdan yo'lingizga yog'ilgan nurman, Nozik bo'yningizga taqilgan durman. Bir yolg'iz siz uchun yaralgandirman, Siz faqat meniki o'zimnikisiz...
Ko'kda quyosh bo'lay omon bo'ling siz, Hidlari sochilgan rayhon bo'ling siz. Baxtimga iloyim omon bo'ling siz, Siz faqat meniki o'zimnikisiz...
SOKIN TUN. HAMMA OROM OG'USHIDA LEKIN YOLG'IZ KIMDIR KIMDAN XAVOTIR MEN BORMANMI O'SHA INSON QALBIDA BITIMDIM MEN SEN UCHUN YURAKDAN SATR
Menga ham o'rgating sog'inmaslikni Sog'inch neligini bilmaydiganlar! Hijron dardi bilan og'rimaslikni, Ko'ngilga e'tiqod qilmaydiganlar!
O'rgating dunyoda sevmaslik sirin, Muhabbat tuyg'usin bilmaydiganlar! Oshig'i baxsh etsa otashin dilin, Tosh kabi nazarga ilmaydiganlar!
O'rgating xiyonat otliq dunyoda Qalbim olovlarga tashlamaslikni. Shunda o'rganarman balki hayotda, Tirik bo'laturib yashamaslikni!!!...
$WIDGET$('45','187|2|0|1|1|ru|1|1|1|1|1|1|1|1|1|1|1|1|1|1|1|1')?>
<iframe src="/gadget/?w=260;h=200;id=409;mid=786;" width="260" height="200" scrolling="yes" allowTransparency="true" frameborder="0" style="background-color:transparent;"></iframe> <?$WIDGET$('42','%3C%3F%24WIDGET%24(%26%2339%3B45%26%2339%3B%2C%26%2339%3B187%7C2%7C0%7C1%7C1%7Cru%7C1%7C1%7C1%7C1%7C1%7C1%7C1%7C1%7C1%7C1%7C1%7
|